Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Messining 2026 yildagi maoshi oshkor bo‘ldi

Messining 2026 yildagi maoshi oshkor bo‘ldi

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi joriy mavsumda MLSning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi. Bu ma’lumot mlsplayers.org sayti tomonidan e’lon qilingan hisobotda keltirilgan.

Argentinalik futbolchining 2026 yilgi mavsum uchun maoshi 28,3 million dollarni tashkil etadi. Reytingning ikkinchi pog‘onasidan Son Xyon Min (“Los-Anjeles”) joy olgan bo‘lib, uning maoshi 11,1 million dollar.

Ro‘yxatning kuchli uchligini Rodrigo De Paul (“Inter Mayami”) yakunlab berdi, U joriy mavsum uchun 9,7 million dollar miqdorida maosh oladi.

Tomas Myullerning “Vankuver Uaytkeps”dagi bir mavsumlik maoshi taxminan 5,2 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, Aleksey Miranchuk “Atlanta Yunayted”dan qariyb 5,1 million dollar olyapti.

Messi 2023 yildan buyon “Inter Mayami” safida to‘p surmoqda. U ushbu klub bilan MLS muntazam chempionati va pley-offida g‘olib chiqqan, shuningdek, Ligalar kubogini qo‘lga kiritgan. Argentinalik futbolchining Florida jamoasi bilan mehnat shartnomasi 2028 yil oxirigacha amal qiladi.

Kiritildi: Bugun 09:57. O'qildi: 239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!