Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gapirdi

Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gapirdi

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi 2021 yilda “Oltin to‘p” bilan bog‘liq vaziyat sababli “Barselona” forvardi Robert Levandovski bilan yuzaga kelgan mojaro haqida fikr bildirdi.

Unga ko‘ra, argentinalik hujumchi polshalik futbolchining gaplaridan qattiq ranjigan:

"Levandovskining o‘sha yili aytgan gaplari meni juda ham ranjitdi. Chunki men mukofotni olganimda chin dildan his qilgan so‘zlarimni aytgandim. U esa bu gaplarni samimiy qabul qilmaganini bildirdi va shu bois o‘rtamizda sovuqlik paydo bo‘ldi.

Men o‘yinda ataylab unga e’tibor bermasdim, chunki u bunday gaplarni aytmasligi kerak, deb o‘ylagandim", — deya Messining so‘zlarini keltiradi Give me Sport.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilgi “Oltin to‘p” marosimida Messi mukofotni olganidan so‘ng, Robert Levandovski ham bu sovringa munosib ekanligini aytgan edi. Biroq keyinchalik polshalik futbolchi Messining bu so‘zlarini “shunchaki qog‘ozdagi gaplar” deb baholagandi.

Kiritildi: 21:41 12.07.2025. O'qildi: 737 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!