«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi bo‘lajak jahon chempionatida ishtirok etish yoki etmasligi borasida o‘z qarorini qabul qildi. Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni tarkibni oy oxirida e’lon qiladi. 38 yoshli futbolchi agar terma jamoadagi faoliyatini davom ettirishga qaror qilsa, tabiiyki, u tarkibga chaqiriladi, biroq hozircha rasmiy tasdiq olinmagandi.
Shunga qaramay, AlbicelesteTalk xabariga ko‘ra, Skalonining yordamchisi Roberto Ayala Messi mundialga borishini anglatib o‘tdi. Hujumchi allaqachon murabbiylar shtabiga turnirda o‘ynashga tayyorligini ma’lum qilgan.
Argentinaliklar guruh bosqichida Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradilar.