Argentina milliy jamoasi hamda «Inter Mayami» klubi hujumchisi Lionel Messi navbatdagi sovrinni qo‘lga kiritdi.
Marca nashri argentinalik 37 yoshli yulduzni futbol tarixidagi eng sovrindor o‘yinchi sifatida «Oltin haykalcha» bilan taqdirladi.
Ma’lumot uchun, Messi futbolchilik faoliyati davomida jami 46ta sovringa ega chiqqan.
U Argentina milliy jamoasidan tashqari, «Barselona», «PSJ» va «Inter Mayami» safida bir qator sovrinlarga ega chiqqan.