Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Messi eng yaxshi hujumchining nomini aytdi

A A A
Messi eng yaxshi hujumchining nomini aytdi

«Barselona» hujumchisi Leo Messi Braziliya terma jamoasi va «Real» klubi sobiq a’zosi Ronaldo haqida iliq fikrlar bildirdi.

Dunyoning eng yaxshi hujumchisi haqida

— Ronaldo haqiqiy fenomen edi. U men ko‘rgan eng yaxshi hujumchi. U qoyilmaqom edi.

Jamoadoshlari haqida

— Ronaldinyo doimo menga yordam bergan. 16-17 yoshimda kiyim almashtirish xonasiga kirib, katta-katta futbol gigantlarini ko‘rganman. Ammo u menga yordam bergan, shu boisdan ham jamoada o‘zimni qulay his qilanganman. Shundan so‘ng  uni maydonda juda ko‘p izlaganman, biroq u bilan ko‘proq o‘ynash nasib etmadi. Ronaldinyo bilan ko‘proq birga o‘ynashni xohlardim. Besh yildan beri Luis Suares bilan birga to‘p suryapman. Har uch kunda o‘yin bo‘lsa, bir-birimizga ko‘nikish oson kechadi. Farzandlarimiz bir xil yoshda, deyarli har bir kunimizni birga o‘tkazamiz. Shuning uchun munosabatlarimiz yanada mustahkam bo‘lib bormoqda.

Kiritildi: 07:15 28.10.2019. O'qildi: 3362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!