Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Messi bugun tug‘ilgan kunini nishonlamoqda

Messi bugun tug‘ilgan kunini nishonlamoqda

Argentina terma jamoasi va AQShning "Inter Mayami" klubi hujumchisi Lionel Messi bugun, 24 iyun kuni tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Yulduz hujumchi 38 yoshga to‘ldi.

Messi Kataloniyaning "Barselona" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Ko‘k-anorranglilar"ning asosiy jamoasida Lionel 2005 yildan 2021 yilgacha o‘ynagan. Keyin argentinalik ikki mavsumni Fransiyaning "PSJ" klubida o‘tkazdi. 2023 yilning yozidan buyon hujumchi "Inter Mayami" sharafini himoya qilmoqda. Futbolchining AQSh klubi bilan shartnomasi shu yil oxirida o‘z nihoyasiga yetadi.

Messi "Oltin to‘p"ning sakkiz karra sohibi hisoblanadi. U Ispaniya va Fransiya chempioni bo‘ldi, Argentina terma jamoasi bilan jahon chempionatida g‘olib chiqdi va boshqa ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 15:42 24.06.2025. O'qildi: 494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!