Fridrix Mers faoliyatidan norozi nemislar ulushi rekord darajaga — 70 foizga yetdi. Bu haqda Bild INSA sosiologiya instituti so‘roviga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘ralganlarning atigi 21 foizi kansler ishini ijobiy baholagan. Yana 9 foiz ishtirokchi esa javob berishga qiynalgan.
INSA direktori Xerman Binkertning ta’kidlashicha, hatto hukmron partiyalar tarafdorlari orasida ham hukumatdan norozilar ko‘pchilikni tashkil etmoqda.
Siyosiy partiyalar reytingida Germaniya uchun muqobil 26 foiz bilan birinchi o‘rinda qayd etilgan. CDU/CSU esa 25 foiz bilan keyingi o‘rinda joylashgan.