Rossiya saylovlardan so‘ng darhol Kiyev bilan muzokaralarni boshlashga tayyor edi, biroq Kiyev Moskva va saylov uchastkalariga hujum qildi — Vladimir Putin.
Rossiya prezidentining boshqa bayonotlari:
◾️ Tinchlik bo‘yicha barcha takliflar muzokaralar stoli ustida, ammo Rossiya o‘z manfaatlariga nima mos kelishini o‘ylab ko‘radi;
◾️ Kiyev infratuzilmaga qilingan hujumlarga nisbatan Rossiyaning javobini his qilishi hamda provokasiyalar va vaziyatni keskinlashtirish unga foyda bermasligini tushunib yetishi kerak;
◾️ Rossiyaning javob zarbasi shu qadar vayronkorki, endi Kiyev sulh so‘ramoqda;
◾️ Ukrainada Rossiyaning “Geran” dronlariga qarshi turish imkoni yo‘q;
◾️ Rossiya Kiyevning hujumlaridan ko‘rilgan zararni tikladi;
◾️ Men Si Jinpinni Donald Trampdan qizg‘anmayman.