Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Meksika prezidenti Trampning Meksika ko‘rfazi nomini “Amerika ko‘rfazi” deb o‘zgartirish taklifiga javob berdi

Meksika prezidenti Trampning Meksika ko‘rfazi nomini “Amerika ko‘rfazi” deb o‘zgartirish taklifiga javob berdi

Klaudiya Sheynbaum brifingda 1607 yilga oid xaritani namoyish etdi, unda Shimoliy Amerikaning katta qismi "Meksika Amerikasi" deb yozilgan.

"Yomonmas, shunday emasmi?" — deya xaritaga istehzoli izoh berdi Meksika prezidenti.

Brifingda prezidentdan so‘ng so‘zga chiqqan Meksikaning sobiq madaniyat vaziri Xose Alfonso Suares del Real “Meksika ko‘rfazi” nomi xalqaro miqyosda tan olingani va asrlar davomida ishlatilib kelinayotganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp 7 yanvar kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Meksika ko‘rfazi nomini “Amerika ko‘rfazi” deb o‘zgartirmoqchi ekanini aytgan edi.

Kiritildi: 23:00 09.01.2025. O'qildi: 594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!