Bugun 24 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Meksika jamoasi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati-2025 ishtirokchilari safidan chiqarildi

Meksika jamoasi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati-2025 ishtirokchilari safidan chiqarildi

FIFA Meksikaning "Leon" klubini klublar o‘rtasidagi jahon chempionati - 2025 ishtirokchilari safidan chiqarganini rasman e’lon qildi. FIFA tekshiruv o‘tkazib, "Leon" va "Pachuka" klublari reglament mezonlariga javob bermasligini aniqladi, chunki ularning egalari bitta.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Pachuka" ishtirok etadi, "Leon" esa musobaqadan chetlatilgan. Keyinroq FIFA turnirda Meksika jamoasi o‘rnini egallaydigan klub nomini e’lon qiladi.

"Leon" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati - 2025 da "Chelsi," "Flamengo" va "Esperans" bilan bir guruhda ishtirok etishi kerak edi. Endi bu uch jamoa yangi raqib kutadi.

Kiritildi: 22:17 21.03.2025. O'qildi: 917 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!