Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

«Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga qancha mablag‘ kelib tushdi?

«Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondiga qancha mablag‘ kelib tushdi?

Shu bugungi kungacha Respublika «Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondi hisob raqamiga jami 41 mlrd 722 million so‘m mablag‘i kelib tushgan. Bu haqda fond boshqaruvi raisi Asrol Mirzahmedov Kun.uz ga ma’lum qildi.

Boshqaruv raisiga ko‘ra, fondning hisob raqamlariga 4 aprel holatiga ko‘ra jami 41 722 285 912,92 so‘m miqdorida pul mablag‘lari kelib tushgan. Shundan, dori vositalariga 2 704 919 351.96 so‘m, shaxsiy gigiyenik himoya vositalariga 116 450 000 so‘m, tibbiy asbob-uskunalarga 75 000 000 so‘m sarflangan. Covid19 buyicha tibbiyot xodimlari uchun qo‘llanmaga 125 925 000 so‘m, kanselyariya mollariga 933 500 so‘m, tibbiy kislorodni jamlash va tarqatish stansiyasi qurish uchun 600 000 000 so‘m pul mablag‘lari sarflangan.

Ma’lumot o‘rnida, hozirda jismoniy shaxslarga ham fond xisob raqamiga pul o‘tkazishi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri imkoniyat yaratilib berilgan. Undan tashqari «Uzcard», «Humo», «Visa» to‘lov tizimidagi kartalarga O‘zbekiston va Rossiya davlatlarining istalgan kartalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Paysend» to‘lov tizimi orqali pul o‘tkazish mumkin.

Shuningdek, yuridik shaxslar uchun: so‘m, yevro, rubl, AQSh dollari kabi 4 xildagi valyutalarda fond hisobiga pul o‘tkazishlari mumkin. Ayni vaqtda pul o‘tkazuvchilarning katta qismini davlat va aksiyadorlik jamiyatlari, ishlab chiqaruvchi korxonalarning xodimlari tashkil qilib, oylik ish xaqlarining bir kunlik qismini o‘tkazib berishmoqda. Hozirga qadar 1000 dan ortiq firmalar fond hisobiga o‘z mablag‘laridan pul o‘tkazishgan.

«Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondi mablag‘lari Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyasi va ko‘rsatmasi asosida sarf etilmoqda. Har bir qilinadigan xarajat «Covid19» koronavirusning tarqalishiga qarshi kurashayotgan shifoxonalarning moddiy texnik bazasini kuchaytirish va bemorlarning sog‘ligini tiklashi uchun yo‘naltirilishi to‘liq nazorat qilinadi.

 

Kiritildi: 22:30 04.04.2020. O'qildi: 3327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!