Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Megafon» Ucell sotib olingani haqidagi xabarlarni rad etdi

A A A
«Megafon» Ucell sotib olingani haqidagi xabarlarni rad etdi

O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Daryo»ga Ucell aloqa operatorining yuz foiz davlat ulushiga egalik qilayotgani hamda aktivlar Rossiyaning «Megafon» kompaniyasiga sotilmaganini ma’lum qildi. “Ayni paytda kompaniyaning yuz foiz davlat ulushi qo‘limizda. Kompaniyani sotilgan-sotilmaganini tasdiqlab bera olmaymiz”, – dedi agentlik vakili.

«Spot.uz» nashri Rossiyaning «Megafon» aloqa operatori bilan bog‘lanib, Ucell’ni sotib olish bilan bog‘liq ma’lumotlarga aniqlik kiritdi. «Megafon» matbuot xizmati vakili Yuriy Nexaychik OAVda tarqalgan ma’lumotlarga raddiya bildirib, tarqalgan xabarlar haqiqatan yiroqda ekanlligini ma’lum qilgan.

Avvalroq, Alisher Usmonovga tegishli «Megafon» aloqa operatori Ucell’ni sotib olgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Ucell Coscom brendi ostida 1996 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2007 yilning iyul oyidan TeliaSonera Coscom kompaniyasining asosiy aksiyadoriga aylandi. 2008 yilning iyun oyida Coscom operatori Ucell brendi ostida faoliyat boshladi. Bugungi kunga kelib, kompaniya abonentlari soni 7,1 millionni tashkil qiladi. Ucell 1 yil muqaddam Telia’dan 215 million dollarga O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan sotib olingandi.

Kiritildi: 18:01 17.09.2019. O'qildi: 2245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!