Hamdo‘stlik davlatlari yoshlari orasida “Counter Strike 2” o‘yini bo‘yicha bellashuv bo‘lib o‘tadi.
Unda 18-25 yoshli 5-7 kishidan iborat jamoalar ishtirok etishi mumkin. Dastlabki bosqich – 25 iyun – 15 iyul kunlari, Asosiy bosqich – 25 iyuldan – 10 avgustga qadar davom etadi. Arizalar 15 iyunga qadar qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun turnir tashkilotchilari bilan bog‘lanish mumkin: ilnickij@mirea.ru.