Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Mbappening "Real"dagi omadsizligi davom etadi

Mbappening "Real"dagi omadsizligi davom etadi

Kilian Mbappe "Real Madrid" safidagi ikki mavsum davomida asosiy musobaqalarda g‘olib chiqa olmadi.

Madridliklar ushbu mavsumda Chempionlar ligasining chorak finalida "Bavariya"ga mag‘lub bo‘ldi. Shuningdek, jamoa Ispaniya kubogi va Superkubogida ham sovrinsiz qoldi.

La Liga 35-turidagi “el-klasiko”da "Barselona"ning g‘alabasidan keyin kataloniyaliklar chempionlikni rasman qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Mbappe “Real” safida faqat UYEFA Superkubogi va Qit’alararo kubokni yutishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 19:24 11.05.2026. O'qildi: 1432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik