Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Mbappe yozda "PSJ"da qolsa, yana 90 million yevro ishlab oladi

Mbappe yozda "PSJ"da qolsa, yana 90 million yevro ishlab oladi

Agar “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe yozgi transfer oynasidan keyin jamoada qolsa, u 90 million yevro bonus sifatida oladi, deya xabar beradi RMC Sport.

Manbaga ko‘ra, parijliklar xavotir yo‘q. Fransuz loyihaning yo‘nalishidan juda mamnun va ketish niyatida emas.

24 yoshli hujumchi sport maslahatchisi Luish Kampush bilan ham yaxshi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe o‘tgan yilning may oyida "PSJ" bilan yangi 2 yillik shartnoma imzolagan edi.

Shartnomada futbolchi o‘zaro kelishuv asosida yana 1 yilga uzaytirishi mumkinligi aytilgan.

Kiritildi: 01:38 25.05.2023. O'qildi: 1569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!