"Real" hamda Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Nike bilan hamkorlikni yakunladi.
The Touchline nashri The Athletic ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, fransuz futbolchisi endi "ON" brendi bilan hamkorlik qiladi.
Qayd etilishicha, yaqin vaqt ichida Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Tyerri Anri ham "ON" loyihasiga qo‘shilishi mumkin. U brendning futbol yo‘nalishi bo‘yicha direktori lavozimini egallashi kutilmoqda.
Mbappe 2026/27 yilgi mavsumda "Real" tarkibida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ayni paytda madridliklar La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Joze Mourinyu boshchiligidagi jamoa peshqadam "Barselona"dan 3 ochko ortda qolmoqda.
"Real" navbatdagi uchrashuvini 20 sentyabr kuni safarda "Atletiko"ga qarshi o‘tkazadi.