Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Mbappe: «JCH-2022 finalini hech qachon qayta ko‘rmaganman»

Mbappe: «JCH-2022 finalini hech qachon qayta ko‘rmaganman»

Fransiya terma jamoasi va «Real» hujumchisi Kilian Mbappe 2022 yilgi Jahon chempionati finali haqida fikr bildirdi.

Qatarda bo‘lib o‘tgan mundial finalida Fransiya terma jamoasi Argentinaga qarshi bahs olib borgan va asosiy hamda qo‘shimcha vaqt 3:3 hisobida yakunlangan. Penaltilar seriyasida esa argentinaliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozongandi. O‘sha uchrashuvda Mbappe xet-trik qayd etgan.

— 2022 yilgi Jahon chempionati finalini hech qachon qayta ko‘rmaganman. Hech qachon.

Agar uni tomosha qilsam, bu mening ichimdagi ayrim «jinlar»ni uyg‘otishi mumkin. Biz oldinga harakat qilishimiz kerak. O‘sha o‘yinda esa biz mag‘lub bo‘lganmiz, — dedi Mbappe.

Fransiyalik futbolchining so‘zlarini mashhur insayder Fabrisio Romano keltirib o‘tdi.

Kiritildi: Bugun 17:01. O'qildi: 196 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!