Bugun 3 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Maxachqalada kuchli yomg‘ir natijasida 3700 dan ortiq uy suv ostida qoldi

Maxachqalada kuchli yomg‘ir natijasida 3700 dan ortiq uy suv ostida qoldi

Maxachqalada uzoq davom etgan yomg‘irlar oqibatida 170 dan ortiq ko‘cha va 3700 dan ortiq uy suv ostida qoldi.

Bu haqda shahar hokimi Jambulat Salavov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

"Men 27-29 mart kunlari kuchli yog‘ingarchilik natijasida zarar ko‘rgan fuqarolarning uylari va mulklarini tekshirish bo‘yicha komissiyaning kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdim... 2 aprel holatiga ko‘ra, suv toshqini shahardagi 173 dan ortiq ko‘chaga ta’sir ko‘rsatdi. Suv bosgan zonada 3755 ta uy va shuncha miqdordagi bog‘ uchastkalari bor edi", deb yozgan Salavov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aholidan 2300 dan ortiq arizalar qabul qilingan. Shahar hokimi jabrlanganlarga yordam berish bo‘yicha aniq tartiblar ishlab chiqilganini ta’kidladi.

Dog‘istonda kuchli yomg‘irlar keng ko‘lamli suv toshqinlari va suv va elektr tizimlarida uzilishlarga olib keldi; eng yuqori cho‘qqisida respublikaning 500 mingdan ortiq aholisi elektrsiz qoldi.

Kiritildi: Bugun 17:00. O'qildi: 303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!