Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Maxachev ikkinchi kamar uchun jang qilishi mumkin

Maxachev ikkinchi kamar uchun jang qilishi mumkin

Engil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev joriy yilda ikkinchi kamarni ham qo‘lga kiritishi mumkin.

Jurnalist Igor Lazorinning ma’lum qilishicha, agar yarim o‘rta vazndagi kamar sohibi Leon Edvards Bilol Muhammadni mag‘lub etsa, Maxachev titul uchun jang imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Maxachev va Edvards jangi 2024 yilda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Muhammad—Edvards jangi 27 iyun kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadi.

Islom 2022 yilning oktyabr oyida UFC 280 doirasida Charlz Oliveyraga qarshi jangda g‘alaba qozonib, yengil vazn toifasida chempionga aylangan edi.

Kiritildi: 11:18 09.06.2024. O'qildi: 1329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!