Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Mavzu – koronavirus: Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti bilan nimalarni muhokama qildi?

Mavzu – koronavirus: Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti bilan nimalarni muhokama qildi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 mart kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari qadimdan mintaqamizda keng nishonlanib kelayotgan, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, tarix, madaniyat va an’analar mushtarakligini ifoda etuvchi bahor va yangilanish bayrami - Navro‘z munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, eng ezgu tilaklarini bildirdilar.

O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi rahbarlari koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq joriy epidemiologik vaziyatni muhokama qildilar.

Ushbu pandemiyaga qarshi samarali kurashish, shuningdek, uning oqibatlari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirish va o‘zaro ko‘makni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Prezidentlar, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirishga doir hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar.

 


Kiritildi: 20:54 27.03.2020. O'qildi: 2599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!