Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Mavritaniya poytaxtida suv “Mersedes”da tashiladi

A A A
Mavritaniya poytaxtida suv “Mersedes”da tashiladi

Mavritaniya poytaxti Nuakshotning ayrim mahallalariga suv eshak aravalarda olib kelinadi, deya yozadi “Anado‘lu”.

Mamlakat poytaxti tobora rivojlanayotgan bo‘lsa-da, shahar chetidagi ayrim mahallalarda suv infratuzilmasi mavjud emas. Bu mahallalarga sotuvchilar suvni eshak aravalarda olib keladi. Ulardan biri – Ahmad Muso. U har kuni 4-5 marta uylarga buyurtmaga ko‘ra suv tarqatadi.

Kuniga 50-60 kilometr yo‘l yuradigan Muso biror mahallaga borganida avvaliga hayvonlariga suv beradi, so‘ng buyurtmalarni tarqatadi.

“Eshak bilan suv tashish oson emas. Bu ish bilan ikki yildan beri shug‘ullanaman. Ba’zan juda charchab qolaman, ammo mahallaga kelganida insonlarning yuzidagi quvonchini ko‘rish uchun arziydi”, – dedi Muso.

Uning eshagini ayniqsa bolalar yaxshi ko‘radi, ular jonivorga “Mersedes” deb laqab qo‘ygan.

“U mening ham hamrohim, ham daromad manbaim. Afsuski, suv tashiyotib juda charchaydi”, – deydi suv sotuvchisi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 14:20 02.07.2018. O'qildi: 2693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik