Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Maskning otasi: "O‘g‘lim Oq uyda ishlagani sababli travmadan keyingi stress buzilishi bilan og‘riy boshladi"

Maskning otasi: "O‘g‘lim Oq uyda ishlagani sababli travmadan keyingi stress buzilishi bilan og‘riy boshladi"

Amerikalik milliarder Ilon Maskning otasi Errol Maskning aytishicha, uning o‘g‘li Oq uyda ishlagani sababli travmadan keyingi stress buzilishi bilan og‘riy boshlagan. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

"Besh oylik to‘xtovsiz stress. Va keyin yakunda faqat u va AQSh prezidenti Donald Tramp bo‘ldi", - dedi milliarderning otasi.

Errol Maskning so‘zlariga ko‘ra, Oq uy rahbari va uning o‘g‘li yuzaga kelgan mojaroga haligacha yechim topa olgani yo‘q, shuning uchun ular bir-biri bilan janjallashishda davom etmoqda.

Avvalroq Donald Tramp AQSh vise-prezidenti Ji-Di-Vensga tadbirkorga qaytish imkoniyatini qoldirish uchun milliarder Ilon Maskni tanqid qilmaslikni maslahat bergandi.

Kiritildi: 09:40 09.06.2025. O'qildi: 648 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!