“SpaceX” asoschisi va “Tesla” bosh direktori Ilon Mask bir hafta ichida o‘z boyligini 13,5 milliard dollarga oshirdi, deb xabar berdi “Forbes”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 22 noyabr kuni ertalab Maskning to‘rtinchi o‘rinni egallagan milliarderlar reytingidagi kapitali 104,5 milliard dollarni tashkil etgan.
Shuningdek, tadbirkor “Bloomberg”ning global milliarderlar reytingida uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan.
Agentlik uning boyligini 121 milliard dollarga baholamoqda.