Mars sayyorasida, uni o‘zlashtirish boshlangach, to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiya o‘rnatilishi lozim. Bu haqda SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari, milliarder Ilon Mask bayonot berdi.
«Qanday boshqaruv shaklini tanlashni marsliklarning o‘zlariga qo‘yib berish kerak. Men bilvosita emas, bevosita demokratiya tarafdoriman», — dedi Mask.
Ilon Mask yaqinda qator bayonotlar berdi, Uning aytishicha, Quyosh 5 mlrd yildan so‘ng portlab ketadi, ammo ungacha — 500 mln yildan so‘ng Yer yashash uchun yaroqsiz ahvolga kelib qoladi.
Maskning fikricha, insoniyat yaqin to‘rt yil ichida Marsga qadam qo‘yadi, 20 yildan keyin «qizil sayyora»da ilk shahar paydo bo‘ladi.