AQShning Texas shtatida joylashgan Kloverfil tumanidagi masjidga o‘t qo‘yganlar haqida muhim ma’lumot berganlarga 5 ming dollar va’da qilinmoqda.
“Iso ibn Maryam” masjidi ertalab soat 4:30 da yoqib yuborilgan. Shuningdek, imomga tegishli mashinaning to‘rt shinasi ham teshib ketilgan.
Yong‘in xavfsizligi departamenti xulosasiga ko‘ra, masjidning kishi qismiga alanga oluvchi suyuqlik sepilgan. Yong‘in natijasida masjidning old tomoni zarar ko‘rgan.
NBC News hodisada hech kimga zarar yetmagani haqida xabar tarqatdi.
Manba: azon.uz