Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Mashhurlar hayotidan 11 ta qiziqarli fakt

A A A
Mashhurlar hayotidan 11 ta qiziqarli fakt

​​​​​Napoleon aylurofobiya — mushuklardan qo‘rqish dardiga duchor bo‘lgan.

Eynshteyn jon berayotganida uning so‘nggi so‘zlari ham o‘zi bilan birga ketgan — yonida o‘tirgan ayol nemischaga tushunmagan.

Shekspir va Servantes bir kunda vafot etishgan — 1616 yilning 23 aprelida.

Ingliz yozuvchisi Virjiniya Vulf aksar kitoblarini tikka turgan holda yozgan.

Sara Bernar 13 yoshli Juletta rolini 70 yoshida o‘ynagan.

Uolt Disney bolaligida bir boyqushni qiynab o‘ldirgan. Shundan so‘ng u jonivorlarni multfilmlarda “tiriltirish”ga kirishgan.

Bir kuni Betxoven “sayoqligi uchun” qamoqqa olingan.

Oyga qadam qo‘ygan astronomlardan biri Bazz Oldrinning onasining qizlik familiyasi Mun — Oy ma’nosini beradi.

Yuliy Sezar sochlari to‘kila boshlaganini yashirish uchun dafna gulchambari taqib yurgan.

Jorj Vashington tomorqasida marixuana yetishtirgan.

Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell onasi va xotiniga biron marta ham qo‘ng‘iroq qilmagan — ular gung bo‘lishgan.

Kiritildi: 22:09 13.06.2020. O'qildi: 8700 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!