Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Mashhur UFC fayteri Koulmanning uyi yonib ketdi, o‘zi esa...

Mashhur UFC fayteri Koulmanning uyi yonib ketdi, o‘zi esa...

UFCning sobiq “jangchi”si Mark Koulmanning Fremontdagi (Ogayo shtati) uyi yonib ketdi, sportchi esa ota-oasini qutqargach voqea joyida hushini yo‘qotdi.

Koulman kechasi itining hurishidan uyg‘ongan va uyi qizil olov ichida qolganini payqagan. Sportchi ota-onasini uydan olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi, biroq u itini qutqara olmadi.

Sportexpress portalining xabar berishicha, ushbu voqeadan keyin 59 yoshli Koulman vertolyotda shifoxonaga yetkazilgan.

Koulman UFC 10 va UFC 11 chempioni, Pride Fighting Championships 2000 Gran-pri chempioni.

Eslatib o‘tamiz, Koulman nomi UFC shon-shuhrat zaliga kiritilgan.

Kiritildi: 20:34 13.03.2024. O'qildi: 990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!