Nyu-York polisiyasi taniqli amerikalik qo‘shiqchi va aktyor Jastin Timberleykni mast holda mashina haydagani uchun hibsga oldi.
U boy Nyu-yorkliklar uchun yozgi dam olish maskani sifatida tanilgan Long-Aylenddagi Sag Harbor shahrida hibsga olingan.
Polisiyasi hozircha Timberleyk qanday sharoitda hibsga olingani haqida ma’lumot bermadi.
43 yoshli Timberleyk o‘zining oltinchi albomi Everything I Thought It Was chiqqandan so‘ng tez orada dunyo gastrollarini boshlashi kutilayotgandi.
Timberleyk dunyodagi eng mashhur musiqa san’atkorlaridan biridir. U 2002 yilda o‘zining Justified nomli birinchi yakkaxon albomini chiqardi, u 8 million nusxadan ortiq sotilgan.