Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Mashhur aktyor Dolf Lundgren Putin bilan uchrashmoqchi

A A A
Mashhur aktyor Dolf Lundgren Putin bilan uchrashmoqchi

Amerikalik aktyor Dolf Lundgren Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv tashkil etib berishlarini so‘radi. Bu haqda rossiyalik rejissyor va prodyuser Aleksandr Belanov ma’lum qildi.

Avvalroq Grifon film kinokompaniyasi bosh direktori Belanov Lundgren Ikkinchi jahon urushi haqidagi filmni suratga olish ishlarida ishtirok etish uchun Qrimga kelishini xabar qilgandi. U mazkur filmda gestapo boshlig‘i rolini ijro etadi.

Lundgren Vladimir Putin bilan uchrashuv tashkil etishda hamda 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan O‘lmas polk kolonnasida qatnashishda yordam berishimizni iltimos qildi , - dedi Belanov.

Belanovning aytishicha, hozirda Lundgrenning Moskvaga kelishi bilan bog‘liq texnik masala hal etilmoqda.

Manba: oxo.uz

Kiritildi: 05:36 04.04.2019. O'qildi: 1876 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik