* Marvarid hech qanday qayta ishlovni talab etmaydigan yakkayu yagona qimmatbaho tosh xisoblanadi.
* Mazkur qimmatbaho toshni faol ishlata boshlagan odamlar xitoyliklar bo‘lishadi. Ular tahminan 42 asr avval marvaridni keng qo‘llay boshlaganlar. Darvoqe, dastlab u zebi-ziynat sifatida ishlatilmagan, balki pul vazifasini bajargan. Eramizdan avval 2206 yilda xitoy imperatori Yu mamlakat axolisiga marvarid solig‘ini joriy etgan.
* Afsonalarda aytilishicha, Qirolicha Semiramida marvaridni juda yaxshi ko‘rgan va bayramlarda o‘zini hamda saroy xizmatchilarini yorqin-pushti marvariddan tayyorlangan zebi-ziynat bilan xursand qilgan. Kleopatra esa marvaridni vino bokalining ichida eritib yuborishga erishgan va shu vinoni Mark Antoniyning ko‘zi oldida ichgan ekan. Hamma gap bahsda edi: u o‘zi tomonidan tayyorlangan kechki ovqat eng qimmati bo‘lishini aytgan. Va pand yemagan!
* Tabiat marvaridning 8 nafar ko‘rinishini yaratgan: noto‘g‘ri shakl, tugmacha, sfera, oval, yarimdumaloq, noksimon va dumaloq.
Manba: odam.uz