NASA Mars sayyorasining yangi suratini e’lon qildi. Unda sayyoraning shimoliy qutbli qatlamlari ko‘rinib turibdi. Rasmdagi ko‘plab unchalik katta bo‘lmagan nuqtalar koinotshunoslarning bashini ancha vaqt qotirdi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, ular muz bloklari ekan. Qizig‘i shundaki, ular vaqt o‘tgan sayin ko‘paymoqda.
Surat Mars Reconnaissance Orbiter (MRO) sayyoralararo stansiyasi yordamida olingan. Ushbu stansiya Mars orbitasiga 2005 yilda jo‘natilgan edi. U ko‘plab ilmiy jihozlar, apparatlarni olib bormoqda. Ushbu texnikalar yordamida Marsning relyefi, minerallar va muz qatlamini tahlil qiladi. Olimlar ushbu tahlillar natijasida meteorologiya haqida qimmatli ma’lumotlar oladilar, sayyora yuzasi o‘rganilib, qo‘nadigan joy tanlab olinadi.
Manba: terabayt.uz