Marokash qiroli Muhammad VI 50 yoshli Fotima al-Mansuriyni hukumat rahbari etib tayinladi. U qirollik tarixida bu lavozimni egallagan birinchi ayol.
Bu haqda Associated Press Qirollik saroyidan olingan bayonotga asoslanib xabar berdi.
Tayinlanishidan oldin Marrakesh meri bo‘lib ishlagan Mansuriyga yangi hukumat tuzish vazifasi yuklatildi.
Uning hukumati inflyasiyaga qarshi kurashish, ish haqini oshirish va ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha va’dalarini bajarish bilan birga, 2030 yilgi Jahon chempionati bilan bog‘liq loyihalarga milliardlab dollar sarmoya kiritishi kutilmoqda.
Shuni ta’kidlash kerakki, 23 sentyabr kuni Marokashda parlamentning Vakillar palatasi (quyi palata) saylovlari bo‘lib o‘tdi. Hukmron koalisiya tarkibiga kiruvchi "Haqiqiylik va modernizm" partiyasi saylovlarda g‘alaba qozondi. 2011 yilda qabul qilingan Marokash Konstitusiyasiga ko‘ra, qirol parlamentda eng ko‘p o‘rinni egallagan partiyadan bosh vazirni tayinlaydi.