Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Markus Reshford Angliyaning Yevro—2024 turniri uchun qaydnomasiga kiritilmasligi mumkin

Markus Reshford Angliyaning Yevro—2024 turniri uchun qaydnomasiga kiritilmasligi mumkin

“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford Yevro—2024 musobaqasida ishtirok etmasligi mumkin.

The Telegraph nashrining xabariga ko‘ra, Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt mankunianliklar hujumchisining o‘yinidan qoniqish hosil qilmayapti va uni Yevropa Chempionati qaydnomasiga kiritmasligi mumkin. Qaydnomadan joy olish uchun Reshford mavsumning qolgan qismida o‘z formasini tiklashi talab etiladi.

Amaldagi qoidalarga muvofiq Yevro—2024 qaydnomasiga 23 nafar futbolchi kiritilishi mumkin, biroq qator murabbiylar kvotalarni 26 tagacha oshirishni so‘ramoqda.

Angliya terma jamoasining mart oyidagi ikki o‘yinida Markus 15 daqiqa maydonda harakat qildi. Futbolchi Braziliyaga qarshi bahsda (0:1) zaxiradan maydonga tushirildi. Reshford “qizil iblislar”ning APLdagi 27 ta o‘yinida maydonga tushib, 7 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 16:14 28.03.2024. O'qildi: 675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!