Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Markaziy saylov komissiyasi huzuridagi “Call-center” ishga tushirilgani haqida xabar berildi

Markaziy saylov komissiyasi  huzuridagi “Call-center” ishga tushirilgani haqida xabar berildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari samarali ko‘rib chiqilishini, shuningdek fuqarolarga saylovga oid masalalar yuzasidan tezkor va qulay tarzda huquqiy tushuntirish va maslahatlar berilishini tashkil etish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi huzurida “Call-center” ishga tushirildi.

“Call-center” orqali saylov jarayonlariga oid o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olishingiz hamda murojaatlaringizni yo‘llashingiz mumkin.

“Call-center” raqami: 1200

1200 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish bepul.

Kiritildi: 10:50 16.10.2024. O'qildi: 681 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!