Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Markaziy Osiyodagi geosiyosiy muammolar yanada kuchayadi(mi?)

Markaziy Osiyodagi geosiyosiy muammolar yanada kuchayadi(mi?)

Shavkat Mirziyoyev bugungi kunning asosiy global tahdidi haqida gapirdi. O‘zbekiston prezidentiga ko‘ra, bu tahdid geosiyosiy keskinlikning kuchayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Markaziy Osiyo esa, uning oqibatlarini o‘tkir his qilmoqda.

29-sessiya

Ozarbayjon poytaxti shu kunlarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari anjumanining 29-sessiyasiga mezbonlik qilmoqda. Tadbirda jahonning 80 dan ortiq mamlakatidan davlat va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari rahbarlari ishtirok etishmoqda. Shavkat Mirziyoyev o‘zining kecha sessiya doirasidagi jahon yetakchilari sammitining yalpi majlisida nutq so‘zladi. O‘zbekiston prezidenti o‘zining chiqishida iqlim o‘zgarishlari bugungi kunning asosiy tahdidiga aylanib bo‘lganligini ta’kidladi. Shavkat Mirziyoyev bu tahdid geosiyosiy tanglikning kuchayishiga bevosita ta’sir qilayotganini aytdi.

Milliy taraqqiyot strategiyalari yo‘lidagi to‘siq

Ukraina urushi va Yaqin Sharqdagi mojarolar fonida bugun dunyoda bo‘y ko‘rsatib turgan geosiyosiy tanglik va global iqtisodiy inqiroz Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlarida ham jiddiy xavotirlarga molik masala bo‘ladi. Ular uchun bu mintaqa barqarorligi va xavfsizligi qadar ahamiyat kasb etgani ko‘riladi. Mamlakat rahbariga ko‘ra, Markaziy Osiyo iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini o‘tkir his qilmoqda. Ular aholining turmush sifatini oshirish va milliy taraqqiyot strategiyalarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida to‘siqqa aylanmoqda. Kambag‘allikka qarshi kurash, oziq-ovqat va energetik xavfsizlikni ta’minlash, ichimlik suvi va resurslaridan foydalanish muammolari kuchaymoqda. Markaziy Osiyo shundoq ham kambag‘allik, ishsizlik va korrupsiya anchayin dolzarb muammoligicha qolayotgan, kuzatuvchilar nazdlarida, ijtimoiy portlash xavfi nisbatan yuqori mintaqa bo‘ladi. Aksariyat mintaqa davlatlarining iqtisodi asosan qishloq xo‘jaligiga asoslangan, aholisining aksariyati chetda mehnat muhojirligida band, tirikchiligi asosan shuning orqasidan o‘tadi.

Markaziy Osiyo muammolari

Markaziy Osiyo aholisining umumiy soni 80 milliondan ortadi, hududi kattaligi jihatdan Yevropa Ittifoqinikiga yaqin, yaqin-yaqingacha urushlar ichida bo‘lgan va uch yildirki, muvaqqat hukumati xalqaro hamjamiyat tomonidan rasman tan olinmayotgan Tolibon boshqaruvi ostidagi Afg‘onistonga chegaradosh. Ammo hosildor yerlari va suvi kam, suv ustidan urush kelib chiqishidan xavotirlar oshkora bildirilgan, havosining ifloslanishi, qurg‘oqchilik va sahrolashish tobora kuchayishi ehtimoli allaqachon jiddiy tashvishlarni uyg‘otib bo‘lgan mintaqa. Qurib bitishi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik fojega qiyos berilgan Orol dengizi ham Markaziy Osiyo - O‘zbekiston va Qozog‘iston hududida joylashgan.

Kiritildi: 01:52 14.11.2024. O'qildi: 916 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!