Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Maosh 2,7 ming dollar: O‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda

A A A
Maosh 2,7 ming dollar: O‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda

O‘zbekistonliklar turli yo‘nalishlarda Germaniyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, agentlik va Germaniyadagi hamkor tashkilot tomonidan quyidagi talablarga mos keluvchi fuqarolar ishga taklif qilinadi:

Talablar:

  • o‘rta bo‘g‘in tibbiyot hamshirasi diplomiga ega;
  • nemis tilini kamida B1 darajada bilish;
  • kamida 1 yillik mehnat staji;
  • 18-45 yosh.

Afzalliklari:

  • ish haqi 2300-2700 yevro (brutto);
  • haftada 5 ish kuni;
  • yashash joyi topishga ko‘mak;
  • tibbiy sug‘urta;
  • bajarilgan ish hajmiga qarab turli bonuslar.

Ro‘yxatdan o‘tish

Tibbiyot sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun Ausbildung:

  • tibbiyot va keksalarni parvarishlash sohasiga qiziqish;
  • 11 yillik ta’limni yakunlagan bo‘lish;
  • nemis tilini B2 darajada bilish;
  • 3 yillik kasbiy ta’limni yakunlab, belgilangan klinikada ishlash majburiyatini olish;
  • yosh chegarasi 16-35 yosh.

Afzalliklari:

  • stipendiya 1100-1400 yevro (brutto);
  • haftada 6 kun o‘qish va amaliyot;
  • yashash joyi topishga ko‘mak;
  • tibbiy sug‘urta;
  • kasbiy ta’limdan keyin kafolatlangan ish joyi.

Ro‘yxatdan o‘tish

Kiritildi: 09:32 23.07.2024. O'qildi: 1287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!