Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Maosh 1,3 ming dollar: o‘zbekistonliklar Bolgariyaga ishga taklif etilmoqda

Maosh 1,3 ming dollar: o‘zbekistonliklar Bolgariyaga ishga taklif etilmoqda

O‘zbekiston fuqarolari Bolgariyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, sohalar:

  • g‘isht teruvchi — 1300 dollar;
  • tashqi qoplama montajchisi — 300 dollar;
  • alyuminiy romlarni o‘rnatish — 1300 dollar.

Nomzodlar uchun talablar:

G‘isht teruvchi:

  • metall konstruksiyalar uchun g‘isht terish tajribasi;
  • poydevor, yuk ko‘taruvchi devor va bo‘laklar, ustun, kamar, tonozlarni qurish malakasi;
  • konstruksiyalar uchun prefabrik temir-beton elementlarini birlashtirish;
  • rus tilini bilish.

Tashqi qoplama montajchisi:

  • fasad keramikasi — lamenam, alyuminiy-plastmassa kompozit materiallar bilan ishlash tajribasi;
  • rus tilini bilish.

Alyuminiy romlar o‘rnatish mutaxassisi:

  • duradgorlik sohasida tajriba;
  • deraza va oyna o‘rnatish tajribasi;
  • rus tilini bilish.

Umumiy talablar:

  • oilali, 25-35 yoshdagi erkaklar;
  • sudlanmagan;
  • sohada kamida 5 yillik tajriba.

Ish beruvchi hisobidan:

  • yashash joyi;
  • aviachipta;
  • ish ruxsatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • oziq-ovqat.

Fuqaro hisobidan viza to‘lovi, agentlik xizmati, o‘qitish va malaka oshirish uchun to‘lov.

Ro‘yxatdan o‘tish (g‘isht teruvchi);
Ro‘yxatdan o‘tish (tashqi qoplama montajchisi);
Ro‘yxatdan o‘tish (alyuminiy romlarni o‘rnatish mutaxassisi)

7 iyul soat 18:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Kiritildi: 23:29 06.07.2024. O'qildi: 1172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!