Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Mandat qachon chiqishi ma’lum qilindi

Mandat qachon chiqishi ma’lum qilindi

Bu yil ham abituriyentlar necha ball to‘plaganlarini test topshirgan kunining ertasiga bilishi mumkin. DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov buni ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy javoblar (mandat) imtihonlar yakunlanganidan keyin 1 hafta ichida e’lon qilinadi.

DTM mutaxassisi G‘ayrat Yo‘ldoshevning aniqlik kiritishicha, mandat e’lon qilinishi 26-27 avgust sanalariga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi imtihonlar 20 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Apellyasiya arizalari 21 avgustdan 30 avgustgacha qabul qilinadi.

Kiritildi: 20:46 08.08.2022. O'qildi: 4935 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!