"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro yana "An-Nasr" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Saudiya klubi o‘tgan yili ham braziliyalik futbolchiga da’vogarlar qatorida bo‘lgan, endi esa xavbekni yana o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, Kazemiro "An-Nasr"ning ustuvor transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Transfermarkt portali 33 yoshli futbolchining narxini 10 mln yevroga baholamoqda, uning "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan, ammo uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.