Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

"Manchester Yunayted" "Barselona" futbolchisi uchun 70 mln yevro to‘lashga tayyor

"Manchester Yunayted" "Barselona" futbolchisi uchun 70 mln yevro to‘lashga tayyor

"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes "Manchester Yunayted"ning transfer maqsadiga aylandi.

Ingliz klubi 22 yoshli futbolchi uchun 70 mln yevro taklif qilishga tayyor, deb xabar beradi Sport. "Qizil iblislar" xavbekning o‘ziga ham katta sharoit yaratib berishadi - uning maoshi ikki barobar oshiriladi. Bunday yirik sotuv "ko‘k-anorranglilar"ga "1:1" qoidasiga qaytish, barcha yangi kelganlarni xotirjam ro‘yxatdan o‘tkazish va hatto yana bir xaridni amalga oshirish imkonini berardi.

Biroq, boshqa bir manbaga ko‘ra, bosh murabbiy Xans-Diter Flik allaqachon Lopes hech qayerga ketmasligiga qaror qilgan. Ispaniyalikning o‘zi ham vaziyatni o‘zgartirish ishtiyoqida yonayotgani yo‘q.

Transfermarkt talqiniga ko‘ra, Fermin Lopesning narxi 50 mln yevroga teng. Futbolchining "Barselona" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 09:04 03.08.2025. O'qildi: 400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!