"Manchester Siti" rahbariyati yozgi transfer oynasida "Real" yulduzi Vinisius Juniorni sotib olish uchun jiddiy taklif bilan chiqishga tayyor.
TeamTalk nashrining xabar berishicha, 25 yoshli braziliyalik futbolchi "Real" bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayapti, ya’ni u yozda boshqa jamoaga sotilishi mumkin.
"Manchester Siti" Vinisius uchun kurashishga tayyor. Shuni ta’kidlash kerakki, braziliyalikning "Real" bilan amaldagi bitimi 2027 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Mutaxassislar futbolchining transfer qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Vinisius Junior ushbu mavsum "qaymoqranglilar" safida 34 o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urgan va 5 ta golli pas uzatdi.