Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Manba: Neymar har qanday holatda ham jahon chempionatiga boradi

Manba: Neymar har qanday holatda ham jahon chempionatiga boradi

Insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Neymar 2026 yilgi jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi safida ishtirok etishi va u o‘zining an’anaviy 10-raqamli libosida to‘p surishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «selesao» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarni jahon chempionatiga olib ketishga qaror qilgani, biroq keyinroq mashhur braziliyalik futbolchi jarohat olgani xabar qilingan edi. Shunga qaramay, sog‘lig‘idagi muammolarga qaramasdan, Neymar jamoa bilan birga bo‘ladi.

Braziliya terma jamoasi jahon chempionatidagi yurishini 14 iyun kuni boshlaydi. Besh karra jahon chempionlari guruh bosqichi doirasida Marokash terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 23:48 03.06.2026. O'qildi: 143 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!