Bugun 7 iyul, 2024 yil, yakshanba

КИР

«Man Yunayted» va «Real» fransuz yulduzi uchun kurashadi

«Man Yunayted» va «Real» fransuz yulduzi uchun kurashadi

Yarim himoyachi Adriyen Rabyo «Yuventus» bilan shartnomasi tugashi sababli bir necha soat ichida erkin agentga aylanadi. "Todofichajes" portali o‘z sahifalarida xabar berishicha, 29 yoshli futbolchi «Real» yoki «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin.

Qayd etilishicha, Madridning «Real» klubi Adriyen Rabyoni maydonning markaziy qismida Toni Kroos o‘rnini bosa oladigan futbolchi sifatida ko‘radi. «Manchester Yunayted» o‘z navbatida fransiyalik futbolchiga anchadan beri qiziqish bildirmoqda.

2023/2024 yilgi mavsumda Rabyo 38 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 10:07 30.06.2024. O'qildi: 510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!