Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ma’muriy jarimalarni tekshirish va to‘lashga mo‘ljallangan mobil ilova ishga tushirildi

Ma’muriy jarimalarni tekshirish va to‘lashga mo‘ljallangan mobil ilova ishga tushirildi

“Mening jarimalarim” mobil ilovasida quyidagicha izlash mavjud:

➖bayonnoma raqami bo‘yicha izlash;
➖buyurtma raqami bo‘yicha izlash;
➖kvitansiya raqami bo‘yicha izlash.

Shuningdek, qoidabuzarliklar uchun to‘lovni amalga oshirishda 30 foiz chegirma beriladi. Dastlabki 15 kun ichida deyarli barcha jarimalar 30 foiz arzonroq to‘lanishi mumkin (qaror chiqarilgandan keyin 15 kun davomida amal qiladi).

OneID (Yagona identifikasiya tizimi) orqali ro‘yxatdan o‘tishda ma’muriy huquqbuzarliklar haqida qator ma’lumotlarni olish mumkin, jumladan:

▪️ma’muriy ishning hozirgi holati;
▪️ma’muriy bayonnomani yuklab olish imkoniyati;
▪️jarima to‘lovlari tarixi;
▪️qarorning holatini bilish;
▪️jarima to‘langani to‘g‘risidagi kvitansiyani tekshirish;
▪️sud majlisining sanasini aniqlash;
▪️organ yoki sud qarorlarini PDF formatida yuklab olish;
▪️yo‘l harakati jarimasini to‘lash;
▪️ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarima to‘lash.

Jarimalarni Uzcard va Humo kartalari yordamida to‘lash mumkin.

Kiritildi: 01:43 14.02.2022. O'qildi: 12875 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!