Bugun 9 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Mamontlar allergiya sabab yo‘q bo‘lib ketgan

Mamontlar allergiya sabab yo‘q bo‘lib ketgan

Xalqaro olimlar jamoasi Sibir mamontining to‘qimalarini tahlil qilishdi va ular allergiya sabab qirilib ketgani haqidagi farazni aytishdi. Ularning fikricha, allergiya iqlimning isishi tufayli yuzaga kelgan. Gulchanglar mamontlarga yomon ta’sir qilgan.

Isroil, Italiya va Rossiya olimlari Sibirning abadiy muzligidan topilgan mamontlar qoldiqlarini o‘rganishgan. To‘qima tahlillari, to‘qimalarda tirik organizmlarni viruslar, bakteriyalar va allergenlardan himoya qiluvchi immunoglobulin oqsillari mavjud. Immunoglobulinlarni o‘simlik gulchanglariga allergic reaksiyaning kuzatilishi bilan bog‘lashgan.

Olimlarning fikricha, iqlim isishi tufayli o‘simliklar uchuvchi organik birikmalarning yangi turlarini ishlab chiqara boshlagan. Bu esa o‘z navbatida o‘sha paytda Yerda yashagan faunada hid sezish bilan bog‘liq jiddiy muammolarni keltirib chiqargan.

Hid hissi hayvonlarning suv va oziq-ovqat izlash jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Lekin o‘simlik gulchanglari, olimlarning fikriga ko‘ra, surunkali allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa pirovardida hayvonlarning hayotiyligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Kiritildi: 20:45 08.10.2024. O'qildi: 476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!