Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Malayziya bozoriga to‘siqsiz chiqish uchun O‘zbekistonda «Halol» sertifikati joriy qilinadi

Malayziya bozoriga to‘siqsiz chiqish uchun O‘zbekistonda «Halol» sertifikati joriy qilinadi

«O‘zstandart» agentligi va O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi tomonidan respublikada HALAL sertifikasiya tizimini joriy qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda,deb yozadi UzDaily. Bu Malayziya bozoriga to‘siqsiz chiqish va mamlakat eksporti hajmini oshirish imkonini beradi.

«O‘zstandart» agentligi vakillari Malayziyaning halol sertifikasiyasi sohasidagi tajribasini va ushbu tizimni O‘zbekistonda joriy qilishni o‘rganish uchun 15—17 avgust kunlari bu mamlakatda bo‘ldi.

Tashrif doirasida Islom taraqqiyoti departamenti (JAKIM) bilan muzokaralar olib borildi hamda O‘zbekistonda halol sertifikasiyasini birgalikda joriy qilish va Malayziya tashkiloti tomonidan o‘zbek agentligining halol sertifikatini berish bo‘yicha rasmiy organ sifatida rasman tan olish bo‘yicha bayonnoma imzolandi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 15:15 20.08.2018. O'qildi: 1176 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!