Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Maktablar uchun yuqori tezlikda ishlaydigan internet bo‘yicha tarif rejalari joriy etiladi

A A A
Maktablar uchun yuqori tezlikda ishlaydigan internet bo‘yicha tarif rejalari joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim maktablarini zamonaviy kompyuter texnikalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Umumta’lim maktablarining kompyuter sinf xonalarini zamonaviy kompyuter texnikasi va boshqa texnik vositalar bilan ta’minlashga qo‘yilgan minimal me’yorlar va texnik talablar tasdiqlanadi.

Bunda, 1 komplekt kompyuter sinflari to‘plami ichida 17 donadan kompyuter texnikasi va boshqa texnik vositalar, shundan, kompyuter sinf xonalari uchun 16 dona (15+1), o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari xonasiga 1 dona kompyuter texnikalari bilan ta’minlash nazarda tutiladi.

2023-2024 yillarda umumta’lim maktablarini zamonaviy kompyuter sinf xonalari va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash bo‘yicha dastur qabul qilinadi.

Shuningdek:

o‘quvchi yoshlarga dasturlash sohasida ta’lim olish bo‘yicha imkoniyatlar yaratiladi;

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maktab.uz, kitob.uz, Edukids, Smartland kabi elektron ta’lim platforma (resurs)lar va boshqa ta’lim resurslari o‘rnatilib dars jarayonida samarali foydalanishga imkon yaratiladi;

umumta’lim maktablardagi o‘quv jarayonlarini boshqarish “Xalq ta’limi tizimini boshqarishning axborot tizimi - erp.maktab.uz” dasturiy majmuasi orqali amalga oshirilishi, “Elektron kundalik” tizimi orqali o‘quvchilarning davomati va o‘zlashtirishlari direktor o‘rinbosarlari tomonidan onlayn monitoring qilib borish yo‘lga qo‘yilayotganidan kelib chiqib, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ham zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlanadi;

umumta’lim maktablari uchun yuqori tezlikda va cheklovlarsiz kirish imkonini beradigan internet jahon axborot tarmog‘i xizmatlari bo‘yicha tarif rejalari joriy etiladi.

Umumta’lim maktablarining kompyuter sinf xonalarini zamonaviy kompyuter texnikasi va boshqa texnik vositalar bilan ta’minlash uchun:

O‘zbekiston respublika byudjeti parametrlarida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi uchun 2024 yilda 100 mlrd so‘m nazarda tutiladi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan 2023 yilda 100 mlrd so‘m, 2024 yilda 100 mlrd so‘m ajratiladi.

Kiritildi: 12:14 19.07.2023. O'qildi: 1547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!