Ayni daqiqalarda AOKAda maktablar va akademik liseylar reytingini aniqlashdagi yangiliklarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazilmoqda.
Unda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashketbayev yurtdoshlarimizdan kelgan savollarga javob berdi:
«Ta’lim inspeksiyasi tomonidan so‘nggi 2 yilda maktablar reytingi e’lon qilinib kelinayotgan edi.
📌 Birinchi marta Xalq ta’limi vazirligi va hududiy xalq ta’lim boshqaruv organlari tomonidan tavsiya qilingan maktablar reytingga jalb qilingan bo‘lsa, o‘tgan yili tasodifiylik tamoyili asosida 10 foiz maktablar tanlab olingan edi.
❗️Endi barcha maktablar reytingga jalb qilinadi. Baholash mezonlariga ham bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
👉Birinchi ko‘rsatkich – maktab bitiruvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha tayyorgarligi va ta’lim sifati darajasi;
👉Ikkinchi ko‘rsatkich o‘quvchilarning chet tillarini bilish darajasi;
👉 Uchinchisi 11-sinf bitiruvchilarining bandlik ko‘rsatkichi;
👉To‘rtinchi ko‘rsatkich ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar ulushi;
👉 Beshinchi ko‘rsatkich esa maktab pedagoglarining sifati (o‘qituvchilardan necha foizi oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar tashkil etishi)
👉Oltinchi ko‘rsatkich – o‘qituvchilarning chet tillarini bilish darajasi;
👉Ettinchi ko‘rsatkich — ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va o‘quv-tarbiyaviy muhitni qo‘llab-quvvatlash uchun tuman (shahar) mahalliy byudjetining orttirilgan mablag‘lari hisobidan qilingan qo‘shimcha xarajatlari hajmiga qarab baholanadi.
👉Sakkizinchi — ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv tarbiyaviy muhit inobatga olinadi. Ya’ni Prezident ilgari surgan besh tashabbus doirasida qilingan ishlar asosida baho beriladi.