Prezident qarori bilan Sherzod Karimov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Sherzod Karimov 2006-2012 yillarda xalq ta’limi tizimida, 2012-2018 yillarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida ishlagan.
2018-2024 yillarda Vazirlar Mahkamasi ta’lim, Ijtimoiy rivojlanish masalalari departamenti, kotibiyati, bo‘limida yetakchi, bosh mutaxassis, sho‘’ba mudiri, kotibiyat mudirining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
2024 yil 28 fevraldan buyon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamenti Yoshlar siyosati, maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash va ma’naviyat masalalari bo‘limining boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.