Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Maktabda elektron kundalik: qanday asoslarda ota-onalar xususiy kompaniya hisob-raqamiga to‘lov qilishi kerak?

Maktabda elektron kundalik: qanday asoslarda ota-onalar xususiy kompaniya hisob-raqamiga to‘lov qilishi kerak?

Elektron kundalik uchun obuna mavzusi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. AOKAda o‘tgan brifingda Xalq ta’lim vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova shu masala yuzasidan izoh berdi:

«Xalq ta’limi vazirligi va «Kundalik» kompaniyasi o‘rtasida davlat-xususiy sherikligi asosida shartnoma imzolangan bo‘lib, buning natijasida xususiy sarmoya jalb etilgan holda, davlat byudjet mablag‘lari tejaladi.

Tejalgan davlat mablag‘lari maktablarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga, ya’ni kompyuter va internet bilan jihozlashga yo‘naltiriladi.

«Kundalik» kompaniyasiga tushgan mablag‘lar — platformaning texnik infratuzilmasini saqlash, uni rivojlantirish va kengaytirish uchun sarflanadi

«Kundalik» loyihasi to‘liq «Kundalik» kompaniyasi tomonidan moliyalashtiriladi. Mablag‘lar dasturiy ta’minotni yaratish, ishlatish va saqlashga, tizimni boshqa maktablarda tatbiq etishga sarflanadi».
 

Kiritildi: 14:30 24.11.2020. O'qildi: 2031 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!